Majmuada mehnat faoliyatini olib borayotgan har bir ishchi-xodimlarning sog‘lig‘ini saqlash va salomatligini doimiy ravishda nazorat qilish maqsadida korxonaning o‘zida ishchi-xodimlar navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Bugungi kunda sex poliklinikasida moddiy-texnika ta’minoti bo‘yicha funktsional diagnostika-kunduzgi statsionar hamda ichki shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘limlari zamonaviy tibbiy apparatlar (5D formatli UTT apparati, stomatologiya majmuasi, raqamli rentgen apparati, laboratoriya klinik va bioximik tahlil analizatorlari, laboratorya sentrifugasi, EKG apparati, elektrokoagulyator, “Amplipuls” apparati, ingalyator, fizioterapiya apparati, reanimatsiya apparati, monitorli defibrilyator, kardiomonitor va h.k.) bilan jihozlangan bo‘lib, ular yordamida sex poliklinikasining malakali tibbiyot xodimlari tomonidan majmua ishchi-xodimlariga birinchi tez tibbiy yordam, stomatolog xizmati, ginekolog xizmati, rentgen diagnostika xizmati, 22 xil turdagi laboratoriya tekshiruv analizlari, avtoklav xizmati, EKG xizmati, 14 xil turdagi fizioterapiya xizmatlari, UZI diagnostika xizmati, nevropatolog, xirurg, ko‘z kasalliklari tekshiruvi, LOR, terapevt hamda sanitariya shifokorlar xizmatlari sifatli amalga oshirilib kelinmoqda.

Ta’kidlab o‘tish joizki, sex poliklinikasining malakali tibbiyot xodimlari tomonidan majmua ishchi-xodimlarini muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib borilishi natijasida xodimlar salomatligini doimiy nazoratga olish bilan bir qatorda, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan va alomatlari erta aniqlangan kasalliklar bo‘yicha davolanishi zarur bo‘lgan ishchi-xodimlar tibbiy nazoratga olinib, sog‘lomlashtirish dasturiga asosan turli hil sihatgoh va tibbiyot muassasalariga yuborilib o‘z vaqtida davolanishlariga erishilmoqda.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz