2023-yilda jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalar albatta jahon bozoridagi narx-navoga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bundan polimerlar bozori ham mustasno bo‘lmadi. Xususan, polietilen granulasi uchun O‘zbekiston bozorida 2022-yilning noyabr oyidan boshlab pastlay boshlagan narxlar amalda ko‘rilgan choralar evaziga 2023-yilning iyun-sentyabr oylarida bir oz ko‘tarilgan bo‘lsada lekin umumiy holatda yil davomida deyarli pasayish tendensiyasida davom etdi.

Shunga qaramasdan, majmua rahbariyatining aniq ko‘rsatmalari va Mahsulotlarni sotish va marketing xizmati xodimlarining sa’yi harakatlari evaziga majmua oldiga qo‘yilgan asosiy ko‘rsatgichlar ortig‘i bilan bajarildi.


2023-yil davomida polietilen mahsuloti belgilangan rejaga ko‘ra 117 ming tonna o‘rniga 128.32 ming tonna sotilib, rejaga nisbatan 109.7% ga, suyultirilgan gaz mahsuloti rejada belgilangan 113.96 ming tonna o‘rniga 117.06 ming tonna sotildi va 102.7% ga bajarildi. Shu jumladan aholi maishiy ehtiyojlari uchun yil davomida 112.57 ming tonna suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berildi. 
Shu bilan birga 4.48 ming tonna suyultirilgan gaz va 655 tonna oltingugurt mahsuloti birja savdolari orqali realizatsiya qilindi.

Bundan tashqari Mahsulotlarni sotish va marketing xizmati tomonidan 2023-yil davomida 895481 p.m. har xil diametrdagi polietilen quvur mahsulotlari, 14034 dona fitinglar, 888600 p.m. tomchilatib sug‘orish tizimi shlanglari (va detallari), 14135 kv.m alyumin kompozit panellar, jami 11547 dona polietilen yashiklar va kanistralar iste’molchilarga yetkazib berildi.

Tayyor mahsulotlar realizatsiyasi ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida bozor talab va taklifidan kelib chiqib, polietilen quvurlar narxlari muvofiqlashtirildi.

Majmua oldiga qo‘yilgan vazifalar bilan birgalikda "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ va “Uzbekistan GTL” MCHJ o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, Mahsulotlarni sotish va marketing xizmati mutaxassislari tomonidan suyultirilgan gaz mahsulotni iste’molchilarga yuklab jo‘natish ishlari sifatli tashkil etilib, 4.7 ming tn.dan ortiq mahsulot iste’molchilarga yetkazildi.

2023-yilning sentyabr oyida majmua rahbariyati tashabbusi bilan yana bir yangilikka qo‘l urildi va majmuaga pul tushumini ko‘paytirish bilan birga aholiga ham qulaylik yaratish maqsadida majmuaning Qarshi shahrida joylashgan “Qarshitermoplast” sexining o‘zida tayyor mahsulotlarni naqd pul va plastik kartalar orqali sotish maqsadida savdo nuqtasi ochildi. Bu vaqtga qadar majmuada ishlab chiqarilgan sifatli polietilen quvurlar, fitinglar va boshqa tayyor mahsulotlar iste’molchilarga faqat yuridik shaxslar orqali yetib kelar va aholi vakillari ushbu mahsulotlarni o‘z narxida olish imkoniyatiga ega emas edilar. 
Ushbu ko‘rilgan chora-tadbir natijasida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan miqdorlardan tashqari 2023-yil sentyabr – dekabr oylari davomida ushbu savdo nuqtasi orqali jismoniy shaxslarga 15048 p.m. polietilen quvurlar, 617.57 kv.m. alyumin kompozit panellar, 292 dona fitinglar va polietilen yashiklar realizatsiya qilindi. Ta’kidlash kerakki 2023-yil 4-chorakda quvur va bog‘lovchi detallar uchun asosiy mavsum tugaganligiga qaramasdan majmuada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning chakana savdo orqali savdosida o‘sish kuzatildi.

Shu bilan bir qatorda, Mahsulotlarni sotish va marketing xizmati mutaxassislari tomonidan bozordagi real narx tendensiyalarini doimiy ravishda o‘rganish va ishlab chiqarishga tatbiq etish maqsadida oxirgi uch yillikda realizatsiya qilingan polietilen mahsulotining markalar bo‘yicha narx tahlillari “vizual” dinamikasi ishlab chiqildi va doimiy yuritib borish joriy etildi. 
Joriy yilda esa xizmat oldiga qo‘yilgan vazifalar bilan bir qatorda tayyor mahsulotlar bo‘yicha keng qamrovli tahlillarni ham amalga oshirish, vizuallashtirish va doimiy ravishda yuritib borish belgilab qo‘yildi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati