9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ faollar zalida zavod ishchi-xodimalari uchun "Korrupsiya illatiga qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Uchrashuvda, majmua Bosh direktorining iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari J.Xalimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qashqadaryo viloyat Boshqarmasi bo‘lim boshliqlari L.Tulqinov, T.Qurbonov, N.Eshqobilov, "O‘zbekneftgaz" AJ moliyaviy va komplayens nazorat departamenti komplayens nazorat bo‘limi hududlar bilan ishlash guruhi "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ bo‘yicha bosh komplayens inspektori A.Sharipov, majmua Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Turakulov, murojaatlar bilan ishlash va ijro nazorati xizmati boshlig‘i U.Xonqulov va boshqa mutasaddi xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbirda, majmua Bosh direktorining iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari J.Xalimov Davlatimiz rahbarining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son Farmoni va “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-son Qaroriga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Tashkil etilgan uchrashuvda mehmon sifatida taklif etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qashqadaryo viloyat Boshqarmasi bo‘lim boshliqlari tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar borasida qisqacha to‘xtalib o‘tib, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish o‘ta dolzarb masala ekanligini garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsada, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir fuqaro o‘zida mas’uliyat his etsa, qo‘yilgan maqsad va muddaolar yechimi paydo bo‘lishini ta’kidlashdi.

Uchrashuv davomida "O‘zbekneftgaz" AJ moliyaviy va komplayens nazorat departamenti komplayens nazorat bo‘limi hududlar bilan ishlash guruhi "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ bo‘yicha bosh komplayens inspektori A.Sharipov so‘zga chiqib, majmuada korrupsiogen holatlarni oldini olish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan shu kabi holatlarni profilaktika qilish borasida majmuada ishlab chiqilgan va tasdiqlangan "Yo‘l xarita"si va  chora-tadbirlar rejasi doirasida bajarilayotgan ishlar xususida hisobotlar tinglandi. Ta’kidlandiki ayni kunlarga qadar komplayens xizmati maxsus bo‘lim, yuridik xizmat, iqtisodiy kompleks va majmuaning barcha sex, xizmat, tarmoq va bo‘limlar xodimlari bilan hamkorlikda 20 dan ortiq o‘quv seminar - trening mashg‘ulotlari hamda 10 dan ortiq davra suhbatlari o‘tkazilib, xodimlarning ogohlik darajalari ortishiga erishildi va huquqiy savodxonliklari oshirildi. Shuningdek, majmuaning Personalni boshqarish xizmati xodimlari bilan hamkorlikda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish borasida  ishchi-xodimlardan deklaratsiyalar va Anonim so‘rovnomalar olinib kelinmoqda. Majmuaning iqtisodiy holatini yaxshilash borasida Bosh direktor o‘rinbosari J.Xalimov boshchiligida korxonada debitor qarzdorliklarni qisqartirish, shu jumladan muddati o‘tgan debitor qarzdorliklarni so‘ndirish bo‘yicha Yuridik xizmat va buxgalteriya hisobi bo‘limining bosh mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi guruh shakllantirildi va amaliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur ishchi gurux a’zolari bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida joriy yilning 11 oyi davomida muddati o‘tgan debitor qarzdorlik 35 % ga qisqartirilib, bu borada amaliy ishlar davom etmoqda deb ta’kidlandi.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, korrupsiya murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashish davlat va jamiyatning o‘zaro jipsligini talab etiladi. Bunga qarshi kurashishda esa avvalo aholining huquqiy ongini oshirish va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhim hisoblanadi.

«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|