Ma’lumki, davlatimiz rahbari Qashqadaryoga safari chog‘ida viloyatdagi ishsiz yoshlarni kasb-xunarga o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” AJga ko‘rsatma va topshiriqlar bergan edi.

Shundan so‘ng, ushbu topshiriqlar ijrosi tez fursatlarda amaliyotga tadbiq qilinib, bir qator vazirliklar va mas’ul tashkilotlar hamkorligida ishlar boshlab yuborildi va natijada, viloyatning G‘uzor hamda Dehqonobod tumanidagi aholining ishsiz va ish qidirayotgan qatlamini kasbga tayyorlash va ularning malkasini oshirish bo‘yicha turli o‘quv kurslari tashkil etildi va mutaxassislar tomonidan ishlab chiqish dasturi asosida Sho‘rtan gaz kimyo majmsuasida amaliy tajribalar oshirilmoqda.

Ayni kunlarda esa, ushbu loyihaning keyingi bosqichiga start berildi va unda kurs tinglovchilari maxsus grafik asosida nazariy, amaliy hamda yakuniy nazoratda tahsil olib, joriy yilning aprel-may oylariga qadar o‘quv kursini tamomlashadi.

Bundan tashqari, mazkur o‘quv markazlarida tahsil olish istagini bildirgan fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi tomonidan qo‘shimcha zamonaviy kasblarga o‘qitish va o‘rgatish bo‘yicha ishlar rejaga kiritildi.

Ya’ni, loyihaning keyingi bosqichida IT savodxonligi, buxgalteriya, tikuvchilik, duradgorlik, issiqxona va gulchilik kabi bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha fuqarolar malakali mutaxassilar tomonidan o‘qitiladi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz