"SHURTAN GAZ KIMYO MAJMUASI" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI 2024-2025 O‘QUV YILI UCHUN STIPENDIYА DАSTURINI E'LON QILADI

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Joriy yilning 18-sentabr kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 4-bosqich talabalari orasidan iqtidorli yoshlarni tanlab olish maqsadida imtihonlar oʻtkazilishini ma'lum qiladi.

Stipendiya dasturi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
–Issiqlik energetikasi
–Elektr energetikasi
–Texnologik mashinalar va jihozlar
–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
–Yuqori molekulyar birikmalar
–Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

Stipendiya dasturi gʻoliblariga 2024-2025 oʻquv yili yakuniga qadar stipendiya toʻlab boriladi.
Stipendiya dasturi bir necha bosqichda amalga oshiriladi va har bir bosqich imtihon natijalari Majmuaning rasmiy veb-sayti www.sgcc.uz  va @sgcc_uzb telegram kanali orqali e'lon qilib boriladi.