"21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan Shurtan gaz kimyo majmuasida "O‘zbek tili - milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli" mavzusida diktant tanlovi o‘tkazildi.

Majmua Yoshlar markazining o‘quv xonasida bo‘lib o‘tgan diktant tanlovi ishchi-xodimlar o‘rtasida katta qiziqish va ishtiyoq uyg‘otdi. 

Hakamlar xulosasiga ko‘ra bexato yozish va husnixatining chiroyligiga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:

1-o‘rin:
1. Abduraxmanova Nasiba - Operatsion samaradorlik xizmati mutaxassisi
2. Xalimova Zilola - “Erkatoy-2” MTM xodimasi
3. Tilyayeva Shodiya - Integratsiyalashgan boshqaruv tizimi xizmati yetakchi muhandisi
4. Tupliyev Shoxrux - SX, SS, M va AMM Boshqarmasi Radiatsiyaviy xavfsizlik guruhi muhandisi

2-o‘rin:
1. Axmedova Oyzoda - Zavod markaziy laboratoriyasi laboranti 
2. Qosimova Maʼmura - Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i xodimasi 
3. Narimanov Rahimjon - Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish sexi muhandis-sistemotexnigi
4. Ro‘ziyeva Go‘zal - Tashqi suv taʼminoti sexi xodimasi

3-o‘rin:
1. Toparova Ozoda - Uy-joydan foydalanish xizmati xodimasi
2. Begimova Dilbar - Personalni boshqarish xizmati texnigi 
3. Begliyeva Nigora - Umumiy ovqatlanish sexi xodimasi

Tanlov g‘oliblari majmua maʼmuriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati