O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya, xizmati markazining xabariga ko‘ra, joriy yilning 9-15 yanvar kunlari Respyblika hududiga Volga bo‘yi hamda Rossiya va Yevropaning shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelayotganligi sababli Respublikaning ayrim hududlarida havo harorati kechalari -27 gradusgacha pasayishi kutilayotganligi munosabati bilan “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda tashkil etilgan Operativ shtab tomonidan sovuq havo tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga qarshi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Operativ shtab tomonidan, majmuaga tegishli barcha obyektlarda 24 soat davomida navbatchilik tashkil etilgan bo‘lib, xodimlarni ish joyiga o‘z vaqtida va xavfsiz yetkazib olib borish va olib kelish, texnologik asbob-uskunalar va ijtimoiy soha obyektlarini to‘xtovsiz va barqaror ishlashini ta’minlash hamda belgilangan reja ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashga qaratilgan barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
Jumladan, texnologik qurilmalarni to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash maqsadida, majmuadagi barcha qurilma, uskuna va jihozlar, nazorat o‘lchov asboblari, aloqa kommunikatsiyalari sovuq ob-havo sharoitida ishlashi uchun shay holatga keltirilmoqda. Havo yig‘ish idishlari (Resiver) va quvurlarida suv yig‘ilib qolishini oldini olish maqsadida doimiy ravishda shamollatish (produvka) ishlari olib borilmoqda. Qurilmalardagi uskuna va jihozlarni ta’mirlash vaqtida ochilayotgan izolyatsiya qutilari o‘z vaqtida issiqlikni ta’minlash maqsadida yopilmoqda. Yer usti o‘t o‘chirish gidrantlaridagi hamda o‘t o‘chirish quvurlaridagi qoldiq suvlar muzlab qolishini oldini olish maqsadida to‘kib chiqilmoqda. Qurilmalardagi uskuna va jihozlar, nazorat o‘lchov asboblari isitish tizimlaridagi bug‘ va bug‘-kondensat aylanishlari doimiy ravishda tekshirilib turilmoqda.
Korxona hududidagi barcha texnologik qurilmalarda, yonilg‘i saqlash omborlarida, yonilg‘i quyish shaxobchalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulotda holatlarni tezda bartaraf etish maqsadida o‘t o‘chirish va tez tibbiy yordam ko‘rsatish pynktlari shay holatga keltirilgan.
Ishlab chiqarish obyektlarida olib boriladigan barcha ishlar o‘rnatilgan tartibda xavfsizlik texnikasi, sanoat xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat havfsizligi, gaz, yong‘in va elektr xavfsizligi qoidalariga to‘liq amal qilingan holda amalga oshirilishi yuzasidan qat’iy choralar ko‘rilmoqda.
Olib borilayotgan ishlar yuzasidan rahbar xodimlar tomonidan doimiy nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu chora-tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash va xodimlar salomatligini asrashdan iboratdir.
«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|