Avval xabar berganimizdek, 6 dekabr kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida va uning fakultetlarida "Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi" MCHJning 2022/2023 o‘quv yili uchun 5-stipendiya dasturi bo‘yicha imtihon o‘tkazildi.
Stipendiya dasturi sinovlari, asosan, issiqlik energetikasi, elektr energetika, texnologik mashinalar va jihozlar, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish hamda boshqarish, yuqori molekular birikmalar, neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazildi.
Mazkur dastur g‘oliblariga 2022/2023 o‘quv yili yakuniga qadar stipendiya to‘lab boriladi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur stipendiya dasturi faqat 4-bosqich (kunduzgi ta’lim shakli) talabalari uchun bo‘lib o‘tdi.
«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|