OCHIQ TANLOV O‘TKAZILISH TO‘G‘RISIDA E’LON
E’lon raqami 20
Turkum Oziq-ovqat mahsulotlari
Boshlanishi 27-10-2017
Takliflarni qabul qilish oxirgi sanasi 02-11-2017
Yetkazish muddati 31-12-2017
Qo‘shimcha ma’lumot uchun (+998 75) 552-42-25
Maxsus shartlar
Tovarlar / xizmatlar
# Nomi Miqdori Texnik xususiyatlar
1 Qizil loviya 305 kilogram
Fitosanitar xulosa. 2017-yil xosili
2 Oq loviya 305 kilogram
Fitosanitar xulosa. 2017-yil xosili
3 Osh mayiz 305 kilogram
Fitosanitar xulosa. 2017-yil xosili
4 Perlovka 425 kilogram
Fitosanitar xulosa. 2017-yil xosili
5 Русский горох 504 kilogram
Fitosanitar xulosa. 2017-yil xosili
6 Qizil lavlagi 910 kilogram
Fitosanitar xulosa. 2017-yil xosili
7 Pomidor 330 kilogram
Fitosanitar xulosa. 2017-yil xosili
8 Turp 1310 kilogram
Fitosanitar xulosa. 2017-yil xosili
9 Kodi (qovoq) 1820 kilogram
Fitosanitar xulosa. 2017-yil xosili
10 Zira 41 kilogram
Fitosanitar xulosa. 2017-yil xosili
11 Guruch 3950 kilogram
Fitosanitar xulosa. 2017-yil xosili
12 Choy 1170 kilogram
Gigiena sertifikati. Xitoy ko'k choyi 1-nav
13 Sut 3,2% 3000 litr
Gigiena sertifikati. Yog'liligi 3.2%
14 Kartoshka 12500 kilogram
Fitosanitar xulosa. 2017-yil xosili
15 Mol go‘shti 2000 kilogram

Yangi so‘yilgan 1-kategoriya

Buyurtmachi nomidan eng yaxshi takliflarni tanlash va tenderlarni “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ ning doimiy harakatdagi Xarid komissiyasi o‘tkazadi.

Eng yaxshi takliflarni tanlash va Tenderlar elektron shaklda etender.uzex.uz va / yoki xt-xarid.uz elektron xaridlar platformalarida amalga oshiriladi.

 

ENG YAXSHI TAKLIFLARNI TANLASH VA TENDER ISHTIROKCHILARI UCHUN QO‘LLANMA

  1. Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi (bundan buyon matnda ishtirokchi deb yuritiladi) xarid qilish tartib-taomilida davlat xaridlarini bajarish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsdir.
  1. Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishi kerak:
  • shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;
  • shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;
  • soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi;
  • o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
  • Insofsiz ijrochilarning yagona reestrida qayd etilmaganligi.
  1. Tanlov Ishtirokchilari tijorat takliflari va tanlovga bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni uzex.uz va / yoki xt-xarid.uz elektron platfiormalari orqali yuborishlari mumkin:
  • Buyurtmachi: “SHURTAN GAZ KIMYO MAJMUASI“ MChJ
  • Pochta manzili: 180300, Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Shurtan qo‘rg‘oni
  • Rasmiy sayt: sgcc.uz. “Tanlashlar va Tenderlar” bo‘limi
  • Elektron pochta manzili: competition@sgcc.uz
  • Telefon raqami: +998-75-552-4022, +998-75-552-4195
  • Faks raqami: +998-75-552-40-16
  1. Tanlovda ishtirok etish uchun tijorat taklifiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:
  • Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma
  • Ish yoki xizmatni bajarish uchun litsenziya yoki ruxsatnoma (ishlar yoki xizmatlarni bajarish uchun), agar ushbu ish va / yoki xizmat turi bo’yicha qonunchilikda ko’zda tutilgan bo’lsa.
  • shuningdek, tanlash va tender shartlarida ko‘rsatilgan zaruriy hujjatlar.
  1. Tanlov ishtirokchilari tijorat takliflarini, tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berish boyicha tanlov e’lonida belgilangan muddat va shartlarni hisobga olgan xolda taqdim etishlari shart.
  1. Tanlov savdolarida Buyurtmachining Xarid komissiyasi tomonidan elektron tanlash va tenderlarni o’tkazish tartibiga binoan shartli g‘olibni aniqlanadi va buyurtmachi tomonidan shartli g‘olib bilan shartnoma tuziladi.

Tanlov savdosi natijalari bo‘yicha tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan Yetkazib beruvchi, shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan sifat va texnik ko‘rsatkichlarga muvofiqligi jihatidan Buyurtmachining ijobiy xulosasini olish uchun buyurtmachi tomonidan talab etilgan holatlarda tovarlar namunalarini taqdim etish majburiyatini oladi. Buyurtmachining omboriga yetkazib berilgan tovarlar Buyurtmachi komissiyasi tomonidan “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ’ning “Tovar (ish, xizmat)larni qabul qilish” nizomiga muvofiq qabul qilinadi.


Ko‘rishlar soni: 8164