Majmua faoliyati haqida

”Shurtan gaz kimyo majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati (Sho‘rtan qo‘rg‘oni) – polietilen, suyultirilgan gaz, yengil kondensat, oltin gugurt va istemol gazini ishlab chiqaradi.

Joylashuv manzili – O‘zbekistonning janubiy-g‘arbiy qismi (Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani), Qarshi cho‘lining cho‘l zonasi. Shurtan gaz kimyo majmuasi, Shurtan gaz kondensati koni bazasida qurilgan.

Faoliyat shakli – Mas’uliyati cheklangan jamiyat. “O‘zbekneftgaz” holding kompaniyasining “O‘zneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi.

ShGKM texnologiyasi 150 turdagi yuqori, o‘rta va past bosimdagi liniyali polietilen ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

Quvvati – qayta ishlash quvvati yiliga
4,0 mlrd. kubometrgacha xom ashyo gaz;
3,5 mlrd. kubometrgacha iste’mol uchun metan ishlab chiqarish;
125 ming tonnadan ortiq polietilen granulasi;
100 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz;
100 ming tonnadan ortiq gaz kondensati;
1,5 ming tonnadan ortiq oltingugurt granulasi;

Bundan tashqari, yiliga 2,5 ming tonnadan ortiq quvurlar va bosimli quvurlar uchun ulovchi qismlar ko‘rinishida tayyor mahsulotlar.

Shurtan gaz kimyo majmuasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan polietilen eksportga yuborilmoqda. Bundan tashqari, Respublika ichida mahsulotlarni ishlab chiqarish va ehtiyojga ishlatish maqsadida foydalaniladi.

Shurtan gaz kimyo majmuasi mahsulotlarining keng ko‘lamligi, O‘zbekiston iqtisodiyotining ko‘plab tarmoqlari barqaror va samarali rivojlanishini ta’minlaydi. Butunlay yangi ishlab chiqarishlar va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish uchun o‘ziga hos katalizator bo‘lib xizmat qiladi. Kichik va o‘rta biznesni faol rivojlantirilishga va Respublikada eksport salohiyatini oshirishga imkon beradi.

So‘nggi o‘zgartirish: 05.10.2015

Ishonch telefoni
(+998 75) 552-42-54
Sotish va marketing
(+998 75) 552-41-88
Devonxona
(+998 75) 552-41-58