Xorijiy hamkorlarning tashrifi

15-mart, 2019-yil Majmua yangiliklari

      “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi B.Sidikov tomonidan 2019 yil 11 martda tasdiqlangan dasturga binoan joriy yilning 12-13 mart kunlari TOO “Kazakhstan Petrochemical Industries Inc” kompaniyasi mutaxassislarining majmuaga tashrifi boʻlib oʻtdi.

      Mehmonlarning majmuaga tashrifi majmua bosh direktori Sh.Aslanov bilan uchrashuvdan boshlanib, mehmonlarni qiziqtirgan masalalar boʻyicha majmuaning asosiy ishlab chiqarish sexlarining va zavod markaziy laboratoriyasining ish faoliyati, tayyor polietilen mahsulotlarini omborxonalarda saqlanishi va realizatsiya qilinishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

      TOO “Kazakhstan Petrochemical Industries Inc” kompaniyasi tomonidan qurilayotgan yangi zavod uchun kadrlar tayyorlash masalasida mehmonlarga majmuadagi mavjud kadrlar tayyorlash ishlari, oʻquv dasturlari, oʻquv sinf xonalarining holati va kadrlar tayyorlash boʻyicha majmuaning tajribasidan kelib chiqib imzolanishi zarur boʻlgan hujjatlar va oʻqitish narxlari boʻyicha maʼlumotlar berildi.

      Tashrif oxirida mehmonlar majmuaning tarixiy muzeyi bilan tanishishdi va oʻzlarining taassurotlarini yozib qoldirishdi.