Shoʼrtanda tozalangan metan gazi asosida suyuq yoqilgʼi ishlab chiqariladi

Shoʼrtan gaz kimyo majmuasida tozalangan metan gazi asosida suyuq yoqilgʼi ishlab chiqarish va majmuadagi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish investitsiya loyihalari doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda «Oʼzbekneftgaz» АJ matbuot xizmati xabar berib oʼtdi.

Hozirda «Sredazenergosetproekt» Аktsiyadorlik jamiyati loyiha instituti bilan birgalikda Shoʼrtan GKM va GTL zavodi tashqi elektr taʼminoti loyihasi ishlab chiqilgan.

Аmalga oshirilayotgan loyihalar uchun ishlab chiqilgan tashqi elektr taʼminoti uchun har biri 125 MVА quvvatga ega 2 transformatorli «GTL 220/35/10 kV» podstantsiyasi qurilish ishlari faol davom ettirilmoqda va barcha qurilish, montaj va sozlash ishlari belgilangan muddatda bajariladi.

«OʼZBEKNEFTGАZ»