G‘oliblik muborak

2-December, 2015-yil Majmua yangiliklari

Joriy yilning 29 sentabr kuni Qarshi shahridagi “Yoshlar markazi”da “Kamolot” YOIH Qashqadaryo viloyati Kengashining tashabbusi bilan yoshlarning iqtidori va iste’dodini rivojlantirish maqsadida Harakatning korxona, tashkilot va muassasalaridagi a’zolari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” shou-bellashuvining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur shou-bellashuvda ishtirok etgan majmuaning “Chemical brother’s” jamoasi barcha shartlarda o‘zining chiqishlarida faol qatnashib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va respublika bosqichiga yo‘llanmasiga sazovar bo‘ldi.