“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig‘i bilan boshqarma va korxonalarda ekologik xavfsizlik, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta’minlash, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish va ularni o‘z vaqtida utilizatsiya qilish borasidagi ishlar jadallashtirilmoqda.

Xususan, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasidagi ishlab chiqarish chiqindilarini O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi orqali sotish yo‘lga qo‘yilgan. Birja savdolari orqali ishlab chiqarish chiqindilarini sotishdagi iqtisodiy o‘sishni quyidagi diagramma orqali yaqqol ko‘rish mumkin:

2018-yilda 1,6 mlrd so‘m;

2019-yilda 2,52 mlrd so‘m;

2020-yilda 4,91 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etdi.

Buning natijasida atrof muhitga joylashtiriladigan ishlab chiqarish chiqindilar miqdorini keskin kamaytirishga erishildi. Olib borilayotgan samarali ishlar natijasida, tabiatga yetkazilishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytirish bilan bir qatorda, majmuaga iqtisodiy foyda keltirilmoqda.

O‘tgan 2020-yil davomida, sotilgan ishlab chiqarish chiqindilari ulushi quyidagi miqdorni tashkil etdi:

Quyi molekulyar polimer – 563 tonna;

Ishlatilgan alyuminiy oksidi – 478 tonna;

Ishlatilgan seolit – 123 tonna;

Ishlatilgan aktivlangan ko‘mir – 63 tonna;

Ishlatilgan silikagel – 23 tonna.

Shuningdek, Majmuada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar ham olib borilmoqda. Ishchi-xodimlar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish maqsadida, sexlar o‘rtasida “Eng ekologik toza sex” ko‘rik-tanlovini ham muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Tanlov natijasiga ko‘ra g‘olib deb topilgan sexlar “Sho‘rtan GKM” MChJ ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan rag‘batlantirib kelinmoqda.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz