“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan organik sintez va nanotexnologiyalar orqali ishlab chiqarishning yangi quvvatlari negizida mahalliy xom ashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan ko‘p pog‘onali qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish maqsad qilingan.

Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun tabiiy gaz resurslarini mamlakat hududida chuqur qayta ishlashni tashkil etish orqali ularni xom ashyo sifatida eksport qilinishini bosqichma-bosqich qisqartirish imkoniyatini beruvchi tabiiy gaz zahiralari, neft va gazni qayta ishlash quvvatlari, shuningdek, gaz uzatish tarmog‘i mavjud.

Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyati tasarrufida ikkita yirik gaz-kimyo majmualar, ya'ni Ustyurt gaz kimyo majmuasi va Shurtan gaz kimyo majmuasi tomonidan polietilen va polipropilen mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Mamalakatimizda polimer mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning polimer mahsulotlarini realizatsiya qilish yuzasidan berilgan topshirig‘i va ushbu topshiriqning ijrosini ta'minlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Tijorat departamentining ma'lumotiga ko‘ra, 2021-yil yanvar-dekabr oylarda rejaga nisbatan 115 foizga, 2022-yil yanvar-oktyabr oylarda rejaga nisbatan 131 foizga ko‘proq polimer mahsulotlari ichki bozor iste'molchilariga yetkazib berildi.

Shurtan gaz kimyo majmuasi tomonidan ishlab chiqarilgan polietilen,
“Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QK tomonidan ishlab chiqarilgan polipropilen mahsulotini eksporti to‘liq to‘xtatilib, barcha miqdorlar ichki bozorga birja savdolari orqali sotilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan tasdiqlangan reja jadvaliga asosan joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Shurtan gaz kimyo majmuasi tomonidan polietilen mahsuloti 21,4 ming tonna, “Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QK tomonidan polietilen mahsuloti 7,9 ming tonna, polipropilen mahsuloti 7,4 ming tonna jami 43,4 ming tonna (bu asosiy belgilangan rejaga nisbatan 124 foizga ko‘p) polimer mahsulotlarini realizatsiya qilish rejalashtirilgan.

Shuningdek, joriy yil oxiriga qadar Shurtan gaz kimyo majmuasi tomonidan polietilen mahsuloti 122,0 ming tonna, “Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QK tomonidan polietilen mahsuloti 42,0 ming tonna, polipropilen mahsuloti 81,0 ming tonna ishlab chiqariladi. Jami 245,0 ming tonna (bu asosiy belgilangan rejaga nisbatan 117 foizga ko‘p) polimer mahsulotlari iste'molchilarga yetkazib berish kutilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz