Qadrli “Nasaf” PFK jamoasi va mutasaddilari!

Sizni va “Nasaf” PFKning sodiq muxlislarini bugungi Superkubok g‘olibligi bilan chin dildan tabriklayman!

Barchangiz bugungi g‘alaba sari bo‘lgan mashaqqatli yo‘llarda bir tan va bir jon bo‘lib harakat qildingiz, g‘alaba sari bor kuch va g‘ayratingizni ayamasdan intildingiz! 

Siz o‘z ishtiyoqingiz, jamoaviy ahil o‘yiningiz va bir-birini takrorlamas g‘alabalaringiz bilan nafaqat vohamizda, balki butun vatanimizda o‘z o‘rningizga va sizga sodiq millionlab muxlislaringizga ega bo‘lgan jamoasiz! 

Bugungi g‘alaba bilan barchangizga o‘zim va “Shurtan GKM” MCHJning ko‘p ming sonli jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiraman va tabriklayman!

Sizga kelgusidagi yurishlaringizda ham ishonchli va irodali zafarlar tilayman!
Va umid qilamanki siz ko‘p millionlik muxlislaringiz va klub rahbariyati ishonchini doim oqlaysiz va bardavom g‘alabalarga erishaverasiz!

O‘zbekiston Superkubogi muborak bo‘lsin “NASAF”!

Shuxrat Aslanov
"Shurtan GKM" MCHJ Bosh direktori