Nasaf ikki karra O‘zbekiston Superkubogi sohibi!

Haqiqiysiga muxlislar jamoasiga aylangan "Nasaf" O‘zbekiston superkubogi finalida "Paxtakor" jamoasi ustidan ishonchli 2-1 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ikkinchi bor Superkubok sohibiga aylandi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJning ko‘p ming sonli ishchi-xodimlari nomidan sevimli "Nasaf" jamoasining har bir a’zosini bugungi g‘alaba bilan qutlaymiz! Jamoa muxlislari bir ovozdan "Nasaf"ning chempionat o‘yinlarida hamda Osiyo chempionlar ligasi bahslarida ham zafarli odimlari bardavom bo‘lishini va g‘alaba uchun kurashishdan hech qachon to‘xtab qolmasligini tilab qoladi!

Superkubok muborak bo‘lsin «Nasaf»! 

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ jamoasi