Qadrli hamkasblar, aziz yurtdoshlar!

Bag‘rikeng va sahovatli xalqimiz orziqib kutadigan, duolar ijobat bo‘ladigan, mehr-muruvvat ulashiladigan, ustozlar, yaqinlar ziyorat qilinadigan qutlug‘ kunda Sizlarni fazilatli Hayit ayyomi bilan muborakbod etayotganimdan baxtiyorman!

Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida majmuamiz barqarorligi yo‘lida mehnat qilayotgan barcha hamkasblarimizga, olib borilayotgan xayrli ishlarida Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lishini so‘rab qolaman.

Barchangizga Alloh taolodan sihat-salomatlik, baxtu saodat, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka, kasbiy faoliyatingiz davomida olib borayotgan ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Muqaddas Qurbon hayiti bayrami muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Shuxrat Aslanov

"Shurtan GKM" MCHJ Bosh direktori