Vatanimiz mustaqilligining 32 yillik bayramini nishonlash, hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘lamini yanada kengaytirish, “mahalladan xonadongacha” tamoyili asosida mahallalar hududlarini obodonlashtirish orqali aholi farovonligini oshirish maqsadida ayni kunlarda butun Respublikamiz hududida Obodonlashtirish oyligi o‘tkazilmoqda.
Oylik doirasida "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJning ko‘p ming sonli mehnat jamoasi ham g‘ayrat va shijoat bilan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqdalar.

Jumladan, majmua va majmuaga qarashli ishchilar shaharchasi hududida daraxt va butalarga shakl berish, quduqlar va ariqlar ichini tozalash, yo‘l cheti to‘siqlarini (bardyorlar) oqlash, mevali va manzarali daraxtlarga ishlov berish, qurilmalar hududi va atrofini tozalash ishlari jadallik bilan bajarilmoqda.

Eng ulug‘, eng aziz bayram oldidan o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar xalqimizning jipsligi, birdamligini yana bir karra namoyish etib, har bir fuqaroda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga daxldorlik hissini, jamiyatimizda o‘zaro mehr-oqibat tuyg‘ularini yanada kuchaytiradi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|