O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni asosida bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan mukofotlandilar. 

Biz uchun quvonarlisi, davlatimiz rahbari tomonidan majmuamiz Bosh direktori Aslanov Shuxrat Chariyevich ham "Shuxrat" medali bilan taqdirlandilar.

Ushbu davlat mukofoti bilan Shuxrat Chariyevichni "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJning ko‘p ming sonli mehnat jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Hurmatli Shuxrat Chariyevich, yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin! Hamisha el-yurt ardog‘ida bo‘lib, fidoiy va xayrli mehnatingiz fayz-u barakali bo‘lishiga tilakdoshmiz! 

Hurmat bilan, Shurtan gaz kimyo majmuasi jamoasi