Axborot texnologiyalarining rivojlanishi, insoniyat, jamiyat va davlat faoliyatining barcha jabhalariga internetning keng miqyosda kirib kelishi, biznes va texnologik jarayonlarni yanada avtomatlashtirish bilan bir qatorda axborot xavfsizligiga amal qilish talablari ham tobora oshib bormoqda.

Joriy yilning 16 noyabr kuni "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ma’muriyati hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy shu’basi hamkorligida xodimlar kiber-savodxonligini oshirish maqsadida, majmuada kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.
Ushbu seminar-treningda majmuaning sex, xizmat, tarmoq va bo‘lim boshliqlari va tizimga aloqador xodimlar ishtirok yetishdi.

Seminar davomida axborot xavfsizligi, ko‘p faktorli autentifikatsiya, kompyuter funksiyalarini cheklash, fishing, kiber-firibgarlarning ma’lumotlar manbai, messenjer va elektron pochtalarda xabar almashish xavflari, ish faoliyati va shaxsiy hayot muhitini chegaralash, xabar almashish kanallari, messenjer va ijtimoiy tarmoqlarda axborot xavfsizligi, elektron imzo kalitini yo‘qotish, saqlash vositalari bilan xavfsiz ishlash, xavfli dasturiy ta’minotlarning kompyuterlarga tushish yo‘llari, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning axborot infratuzilmasida axborot va kiberxavfsizlik ta’minlanganligi holati bo‘yicha hamda ushbu talablarni mazmun mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Seminar so‘ngida, majmua ma’muriyati va “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy shu’basi vakillari, bu kabi seminar-treninglarni davomli ravishda o‘tkazib borishga kelishib olindi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati