Joriy yilning 30 noyabr kuni "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda ishchi-xodimlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash va o‘z iqtidorlarini har tomonlama namoyon etishiga imkoniyat yaratish maqsadida har yili an’anaviy ravishda tashkil etib kelinayotgan "Breyn-ring" intellektual shousining 1-saralash bosqichi "J" guruh bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bellashuv, Tashqi suv ta’minoti sexining - "OKEAN", Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish xizmatining - "ALGORITM", Bug‘ gaz havo ta’minoti sexining- "ENERGY" jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

3 raund davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga ko‘ra "ENERGY" jamoasi 7 ball bilan bellashuv g‘olibiga aylandi.

"BRЕYN RING" intellektual shousining 1 saralash "J" guruhi bellashuvi natijalari:

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuv davomida tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga majmua ma’muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati