Joriy yilning 27-fevral - 1-mart kunlarida Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida MDH mamlakatlaridagi neftni qayta ishlash va neft-kimyo sanoati korxonalari bosh metrologlarining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda neft-gaz, kabel, metallurgiya sanoati, kimyo texnologiyalari va yoqilg‘i-energetika kompaniyalarining 200 ga yaqin mutaxassislari qatnashdi.

Ushbu yig‘ilishda "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Bosh metrologi o‘rinbosari O.Achilov majmua metrologlari jamoasi nomidan ishtirok etdi.

Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad import o‘rnini bosuvchi metrologik asbob-uskunalar, texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari, butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish bo‘lib, unda 50 dan ortiq yirik kompaniya bosh metrologlarining import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishdagi dolzarb vazifalari, natijalar va istiqbollarga oid ma’ruzalari tinglandi. Shuningdek, bu borada muvaffaqiyatga erishgan korxonalar quvvatlari, texnologiyalari va ish usullari haqida batafsil ma’lumotlar beruvchi taqdimotlar namoyish etildi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati