OCHIQ TANLOV O‘TKAZILISH TO‘G‘RISIDA E’LON
E’lon raqami 530
Turkum Asboblar
Boshlanishi 28-10-2019
Takliflarni qabul qilish oxirgi sanasi 30-11-2019
Yetkazib berish muddati (kalendar kuni) 35
Qo‘shimcha ma’lumot uchun (+998)75 552-40-11
Maxsus shartlar
Required information:/ Необходимая информация: Price Цена
Delivery time Срок поставки
Technical specification Техническая спецификация
Tariff or Customs codes for the goods Коды ТНВЭД
Cost of transportation Транспортные расходы
package and dimensions Тип и габариты упаковки
Country of origin Страна происхождения товара
Contact details: /Контакты e-mail: import1@sgcc.uz  
Tovarlar / xizmatlar
# Nomi Miqdori Texnik xususiyatlar
1 Пресс-форма для производства Капельницы (для основы) 1 dona

HRC45~55

Koʻchirib olish
2 Пресс-форма для производства Капельницы (для верхней части) 1 dona

HRC45~55

   Buyurtmachi nomidan tanlovni “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ ning doimiy harakatdagi ekspert komissiyasi o‘tkazadi.

   Tanlov o‘tkazish manzili: Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Shurtan qo‘rgoni.

TANLOV ISHTIROKCHILARI UCHUN QO‘LLANMA

  1. Tanlovda mulkchilik shakli va joylashgan joyidan qat’iy nazar, ulgurji savdo faoliyati litsenziyaga yoki ish va xizmatlarni bajarish uchun qonunchilikda talab qilingan maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan har qanday yuridik yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar (keyingi o‘rinlarda Ishtirokchi deb yuritiladi) ishtirok etishlari mumkin.
  2. Tanlov Ishtirokchilari tijorat takliflari va tanlovga bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni shaxsan, pochta orqali, faks va elektron pochta orqali quyida ko‘rsatilgan manzillarga yuborishlari mumkin:
    • Buyurtmachining nomi: “SHURTAN GAZ KIMYO MAJMUASI“ MChJ
    • Pochta manzili: 180300, Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Shurtan qo‘rg‘oni
    • Rasmiy sayt: sgcc.uz. “Tanlovlar” bo‘limi
    • Elektron pochta manzili: sgcc@sgcc.uz
    • Faks raqami: 0 (375) 552-40-16
  3. Tanlovda ishtirok etish uchun tijorat taklifiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:
    • Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma
    • Ulgurchi savdo litsenziyasi (tovarlar yetkazib berish uchun)
    • Ish yoki xizmatni bajarish uchun litsenziya yoki ruxsatnoma (ishlar yoki xizmatlarni bajarish uchun)
    • shuningdek, maxsus shartlarda ko‘rsatilgan zaruriy hujjatlar.
  4. Tanlov ishtirokchilari tijorat takliflarini, tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berish boyicha tanlov e’lonida belgilangan muddat va shartlarni hisobga olgan xolda taqdim etishlari shart.
  5. Tanlov ishtirokchilari tanlov o‘tkazilish kunida, ya’ni tijorat takliflarini baholash jarayonida taklif qilingan tovar (ish, xizmat)lar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etish, tushuntirishlar berish va yakuniy narxni tasdiqlash huquqiga ega bo‘lgan o‘z vakolatli vakillarini yuborish huquqiga ega.
  6. Tanlov savdolarida Buyurtmachining ekspert komissiyasi shartli g‘olibni aniqlaydi va shartli g‘olib bilan shartnoma, tijorat taklifida taklif etilgan narxlar mustaqil konsalting kompaniyalari tomonidan ichki bozor konyunkturasi o‘rtacha narxlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa olganidan so‘ng tuziladi.
  1. Tanlov savdosi natijalari bo‘yicha tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan Yetkazib beruvchi, shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan sifat va texnik ko‘rsatkichlarga muvofiqligi jihatidan Buyurtmachining ijobiy xulosasini olish uchun tovarlar namunalarini taqdim etish majburiyatini oladi. Taqdim etilgan namunalarga Buyurtmachi tomonidan ijobiy xulosa berilgandan so‘ng avans to‘lov amalga oshiriladi. Yetkazib beruvchi tovarlarni xaridorning omborigacha yetkazib beradi va bu yetkazib berish sharti shartnomada ko‘rsatib o‘tiladi. Buyurtmachining omboriga yetkazib berilgan tovarlar Buyurtmachi komissiyasi tomonidan “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ’ning “Tovar (ish, xizmat)larni qabul qilish qabul qilish” nizomiga muvofiq qabul qilinadi.

Ko‘rishlar soni: 222