OCHIQ TANLOV O‘TKAZILISH TO‘G‘RISIDA E’LON
E’lon raqami 118
Turkum Elektr-texnika mahsulotlari
Boshlanishi 03-05-2018
Takliflarni qabul qilish oxirgi sanasi 20-05-2018
Yetkazib berish muddati (kalendar kuni) 15
Qo‘shimcha ma’lumot uchun (+998) 75-552-41-39
Maxsus shartlar

1)15% to‘lov xizmat bajarilishidan oldin, 85% to'lov xizmat to'liq bajarilgandan so‘ng hisob faktura(ishga tushirilganligi to'grisidagi topshirish qabul qilish dalolatnomasi va boshqalar) asosida to'lanadi.                                                                                         

2)Yridik shaxsni davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'grisida guvohnoma nusxasi;

-faoliyat turi bo'yicha litsenziya y'oki ustav nusxasi;

-tijorat taklifi;

-kalkulyasiyasi;

3)transformatorlarni ta'mirlash ishlari bajarilgandan keyingi sinov bayonnomalarini taqdim etish;

4)ta'mirlangan transformatorlarni kafolat muddati 1 yil bo'lish kerak. Agar kafolat muddati ichida ta'mirlangan transformatorda nosozlik ko'zatilsa, bu nosozlikni to'grilash ish bajaruvchining o'z hisobidan amalga oshiriladi;-

5)Buyurtmachining iltimosiga binoan transformatorlarni dastlabki qabul qilish Ish bajaruvchining hududida amalga oshirilishi mumkin. Ushbu turdagi qabul qilishning shartlari va tartibi Tomonlar tomonidan qo'shimcha ravishda kelishib olinadi.                               

6)Transformatorlarni qabul qilish Buyurtmachining hududida amalga oshiriladi, texnik hujjatlarni tekshirish, to'liqlik, shuningdek transformatorlardagi tashqi nuqsonlarni aniqlash yo'li bilan amalga oshiriladi. Transformatorlarni etkazib berishni qabul qilish to'g'risidagi dalolatnoma imzolanadi va Tomonlarning vakillari tomonidan imzolanadi

Tovarlar / xizmatlar
# Nomi Miqdori Texnik xususiyatlar
1 Quvvati 400кVA, kuchlanishi 6kV bo'lgan kuch transformatorlarni kapital ta'mirlash xizmati 4 dona

Quvvati 400кVA, kuchlanishi 6kV, zavod raqami №51055, №32040, ishlab chiqarilgan yili 2003 bu'lgan 2-dona, zavod raqami №899, ishlab chiqarilgan yili 1997 bu'lgan 1-dona hamda 1-dona birkasi yu'q  kuch transformatorlarini kapital ta'mirlash yani transformator konstruktiv tu'zilishiga u'zgartirish kiritish.Transformator tepa qismida joylashgan yuqori kuchlanishli va past kuchlanishli isolytorlarni transformator yon tomoniga ku'chirish. Transformatorlarni bakini tu'zilishi ovalsimon. Ushbu transformatorlarni chu'lgamlari soz holatda.  Transformatorlar markasi TM bo'lib, Chirchiq shahrida ishlab chiqarilgan.

Buyurtmachi nomidan eng yaxshi takliflarni tanlash va tenderlarni “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ ning doimiy harakatdagi Xarid komissiyasi o‘tkazadi.

Eng yaxshi takliflarni tanlash va Tenderlar elektron shaklda etender.uzex.uz va / yoki xt-xarid.uz elektron xaridlar platformalarida amalga oshiriladi.

 

ENG YAXSHI TAKLIFLARNI TANLASH VA TENDER ISHTIROKCHILARI UCHUN QO‘LLANMA

  1. Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi (bundan buyon matnda ishtirokchi deb yuritiladi) xarid qilish tartib-taomilida davlat xaridlarini bajarish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsdir.
  1. Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishi kerak:
  • shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;
  • shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;
  • soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi;
  • o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
  • Insofsiz ijrochilarning yagona reestrida qayd etilmaganligi.
  1. Tanlov Ishtirokchilari tijorat takliflari va tanlovga bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni uzex.uz va / yoki xt-xarid.uz elektron platfiormalari orqali yuborishlari mumkin:
  • Buyurtmachi: “SHURTAN GAZ KIMYO MAJMUASI“ MChJ
  • Pochta manzili: 180300, Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Shurtan qo‘rg‘oni
  • Rasmiy sayt: sgcc.uz. “Tanlashlar va Tenderlar” bo‘limi
  • Elektron pochta manzili: competition@sgcc.uz
  • Telefon raqami: +998-75-552-4022, +998-75-552-4195
  • Faks raqami: +998-75-552-40-16
  1. Tanlovda ishtirok etish uchun tijorat taklifiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:
  • Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma
  • Ish yoki xizmatni bajarish uchun litsenziya yoki ruxsatnoma (ishlar yoki xizmatlarni bajarish uchun), agar ushbu ish va / yoki xizmat turi bo’yicha qonunchilikda ko’zda tutilgan bo’lsa.
  • shuningdek, tanlash va tender shartlarida ko‘rsatilgan zaruriy hujjatlar.
  1. Tanlov ishtirokchilari tijorat takliflarini, tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berish boyicha tanlov e’lonida belgilangan muddat va shartlarni hisobga olgan xolda taqdim etishlari shart.
  1. Tanlov savdolarida Buyurtmachining Xarid komissiyasi tomonidan elektron tanlash va tenderlarni o’tkazish tartibiga binoan shartli g‘olibni aniqlanadi va buyurtmachi tomonidan shartli g‘olib bilan shartnoma tuziladi.

Tanlov savdosi natijalari bo‘yicha tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan Yetkazib beruvchi, shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan sifat va texnik ko‘rsatkichlarga muvofiqligi jihatidan Buyurtmachining ijobiy xulosasini olish uchun buyurtmachi tomonidan talab etilgan holatlarda tovarlar namunalarini taqdim etish majburiyatini oladi. Buyurtmachining omboriga yetkazib berilgan tovarlar Buyurtmachi komissiyasi tomonidan “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ’ning “Tovar (ish, xizmat)larni qabul qilish” nizomiga muvofiq qabul qilinadi.


Ko‘rishlar soni: 6865