Frizbi

Frizbi - uchadigan disk

Uchadigan disk – umumiy nomi sport anjomi bo’lib, 20-25 santimetr diametrli cheti qayrilgan plastik diskdir. Disk shunday qilinganki, katta masofalarga disklarni otishda uchishga imkon beruvchi ko'taruvchi kuch hosil qiladi. Disk bilan har-xil turdagi o’yinlar mavjud. Eng oddiy –ikki yoki undan ortiq o’yinchi diskni qo’lidan-qo’liga tarelkani yerga tegizmasdan oddiy otishidir.

frisbee.jpg

Frizbi  bilan sport o'yinlari

Altimate

Ehtimol, eng mashhur sport turidir. Bu jamoa o'yini, uning maqsadi o'yin oxirida eng ko'p ochko to'plashdir. O'yin to'rtburchaklar shaklida yon yuzali maydonda bo’lib o’tadi. Agar o'yinchi raqibning zonasida turib diskni ushlab olsa, jamoa ochko oladi. Disk havo orqali uzatiladi. Diskni tushirib yuborilsa, u boshqa jamoaga topshiriladi. Ushbu sport turi g'arb mamlakatlarida juda mashhur (deyarli har bir oliy ta'lim muassasasining o'z jamoasi mavjud). Rossiyada bugungi kunda bir necha o'nlab altimat jamoalari mavjud.Altimatning yana bir o'ziga xos xususiyati - sudyalarning bo’lmasligi. Barcha qoida buzilishlar o'yinchilar tomonidan aytiladi. Va u ish beradi!

Картинки по запросу алтимат фрисби

Golf diski

Ushbu sport o'yini oddiy golfga o'xshab ketadi. To'g'ri, chuqurchalar o'rniga bunda maxsus savatlar qo'llaniladi, klyushka va to'p o'rniga maxsus disklar ishlatiladi. Oddiy golfda bo'lgani kabi, o'yinning maqsadi ham eng kam siljish bilan masofasini o'tishdir.Disklar golf disklari uchun parvoz oralig'i bo’yicha: uzoq, o'rta va savatga otishga bo'linadi.

Картинки по запросу Диск Гольф

Dog frisbee

Itlar ham frizbi o'ynashni yaxshi ko'radilar! Itlar ishtirokida turli xil diskli sport mavjud, ammo umumiy tamoyil doimo bir xil - bir kishi diskni otadi va it uni yaxshi ushlaydi. Dog frisbee - bu nafaqat sport, balki uy hayvoningiz bilan qiziqarli vaqt o'tkazish uchun ajoyib imkoniyat.

Картинки по запросу Дог Фрисби

Frizbi Fristayl

Fristayl - ozodlikdir. Disk bilan xohlagan har qanday erkinlik. Ba'zi odamlar bu harakatdagi go’zallik deyishadi, ba'zilari esa plastikani eng yaxshi ishlatishni hali o’ylab topishmagan, deb aytishadi.Oddiy qilib aytsak, fristayl –bu bir kishi hamda ko’p kishilar ishtirokida disk bilan harakatlar bajarishdir. Barmoqlarga aylantirish, ushlash, otish, sakrash, yugurish, yiqilish, umuman, odamning qobiliyatiga va tasavvuriga ega bo'lishi mumkin bo’lgan hamma narsa. Shuning bilan birga disk mutlaq o’ziga xos hayotni kechiradi - oyoq ostidan, orqa tomondan o'tadi, tanadan yurgiziladi, uchadi va qaytadi.

So‘nggi o‘zgartirish: 29.01.2019

Ishonch telefoni
(+998 75) 552-42-54
Sotish va marketing
(+998 75) 552-41-88
Devonxona
(+998 75) 552-41-58