Alyuminli kompozit panellar

TSh 39.2-269-2010 ga muvofiq Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi ishlab chiqargan alyuminli kompozit panellar zamonaviy uslubda binolarni bezatishning eng yaxshi echimlaridan biridir.

Alyuminli kompozit panellar zarbaga, bosimga, bukilishga va sinishga chidamli bo'lib, ular shamol qarshiligini oshiradi.

Alyuminli kompozit panellarning qayishqoqligi qoplamalarga murakkab egri chiziqli ko’rininsh beradi.

Shakllarning xilma-xilligi "bino korpusini" o’ziga xos me’moriy echim bilan o’zgartirib yuboradi.

Kompozit -50°C dan + 80°C gacha bo'lgan issiqlikka chidamli. Har qanday iqlim sharoitida panel o'zining egiluvchanligini, strukturasini saqlab qoladi va bukilishlarda darz ketmaydi.

Alyuminli kompozit panellarning afzalliklari:

  • Alyuminli kompozit paneli bilan qoplangan vent fasad kam og'irlik, yuqori mustahkamlikga ega, shuning uchun fasadli konstruktsiyani tashish va o'rnatish juda oson.
  • Osma fasad qurilishida tashqi qoplama paneli va devor orasida 25 mm dan 250 mm gacha bo'lgan havo qatlami saqlanib qoladi, bu esa qayta qurishda muhim bo’lgan devor sirtlarining notekisligini yashirish imkonini beradi. Bundan tashqari, yozgi issiqlikda, bu dizayn tashqi devor orqali xonaga issiqlik kirishiga to’sqinlik qiladi, qishda esa havo qatlami qo'shimcha isitgich sifatida ishlaydi. Shuning uchun, bizning fasadlarimiz nafaqat chiroyli, balki foydali hamdir!
  • Alyuminli kompozit paneli bilan qoplangan fasadlarni toza tutish oson, ular kam parvarish talab qiladi.
  • Fasad paneli, ranglar kengligiga ega. Shuning uchun alyuminli kompozit paneli bilan binolarni bezatish eng murakkab me'moriy loyihani amalga oshirishga yordam beradi.
  • Alyuminli kompozit panellarning noyob xususiyatlari namlik, quyosh va tuzni bartaraf etishga chidamli bo'lgan fasadli panel yaratish imkonini beradi.
  • Kompozitli ventfasad atrof-muhitga va inson salomatligiga zararli emas.
  • Alyuminli kompozit panellar polietilen yoki mineralli o’tga chidamli to’ldirgich hosil bo'lgan o’zakga biriktirilgan ko'p qatlamli qoplamali ikki alyuminlili listlardan iborat murakkab ko'p qatlamli konstruktsiyadir.
  • Sust yonuvchi (G2) va yonmaydigan (G1) turlari ishlab chiqariladi.

akp.jpg

  1. Himoya qatlami
  2. PVDF yuza qatlami
  3. PVDF bo'yoqlarining yorqin qatlami
  4. PVDF gruntlash
  5. Mustahkam alyuminli list
  6. Zaharli bo'lmagan kompozit polietilen oraliq qatlam
  7. Mustahkam alyuminli list
  8. Korroziyaga bardosh gruntlash
  9. Korroziyaga bardosh qoplama

Ranglar kengligi!

rangakp.jpg

Bizning alyuminli kompozit panellar PVDF polimer qoplamasi bilan ishlab chiqariladi, ishlatish muddati 35 yildan ortiq.

Panelning kattaligi:

ruxsat etilgan og’ish -2/+ 3 mm 2440x1220 (uzunlik/kenglik). ruxsat etilgan og’ish -2/+ 3 mm 3000x1500 (uzunlik/kenglik).

So‘nggi o‘zgartirish: 29.01.2019

Ishonch telefoni
(+998 75) 552-42-54
Sotish va marketing
(+998 75) 552-41-88
Devonxona
(+998 75) 552-41-58