Ichki bozor

Ichki  bozorda polietilen maxsulotlari har kuni Respublika tovar xom-ashyo birjasining birja savdolari orqali sotilmoqda. Qoʻshimcha ravishda ushbu savdolarda suyultirilgan gaz va texnik oltingugurt kabi mahsulotlar ham ishlab chiqarish hajmidan kelib chiqqan holda sotilmoqda.

Shuni ta'kidlab o’tish lozimki, ichki bozorda sotilgan mahsulotlar ulushi yil sayin ortib bormoqda.

Agar bizning ishimizning dastlabki yillarida polietilen sotilishining asosiy qismi ichki bozorda paxta mulchalash plyonkasini ishlab chiqarish uchun yillik davlat buyurtmasiga tugri kelgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib esa bu hajm ichki bozorning umumiy polietilen iste'mol ulushining kam bo’lmagan 1/5 ni tashkil etadi.

Quvurlar, puflab yasaladigan mahsulotlar, kabel, rotatsion va plyonka ishlab chiqarish markalariga xususiy sektor korxonalari hisoblanadigan asosiy iste'molchilari orasida talab ortib bormoqda.

Respublikamizda gaz kimyosi sanoati rivojlanishi, mintaqada plastik mahsulotlar ishlabchiqarish hajmini yanada o'sishiga, plastik mahsulotlarning yangi turlari paydobo’lishi va ko’proq qo'shimcha qiymatga ega mahsulotlar turlarini ko'payishiga olib keladi deb umid qilamiz.

So‘nggi o‘zgartirish: 21.01.2019

Ishonch telefoni
(+998) 75-552-4254
Sotish va marketing
(+998) 75-552-4188
Devonxona
(+998) 75-552-4158