“Plastik idishlar va sigʼimlar ishlab chiqarishni tashkil etish”

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2017 yil 27-28 yanvar kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarini ijrosini taʼminlash va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.01. 2017 yil 5-sonli yigʼilish bayonnomasi asosida “Oʼzbekneftegaz” АJ tomonidan Xorazm viloyati Yangiariq tumanida “Plastik idishlar va sigʼimlar ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi boʼyicha yangi korxona barpo etildi.

Ushbu yangi korxona taʼsischilari - “Shoʼrtan GKM” MChJ va “Neftegazinvest” MChJ.

Loyixaning asosiy maqsadi xorijiy va ichki bozorlarda talab katta boʼlgan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va aholini bandlikka koʼmaklashishdan iborat.
Ishlab chiqarish jarayonida qoʼllaniladigan texnologik asbob-uskunalarni harid qilish maqsadida Buyurtmachi tomonidan “Texnik shart” ishlab chiqildi va tender savdolari oʼtkazildi. Tender savdolari natijasida Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi kompaniyalari tender gʼolibi deb topildi va ushbu kompaniyalar tomonidan texnologik asbob-uskunalar yetkazib berildi. Yetkazib berilgan texnologik asbob-uskunalar montaj qilish ishlari amalga oshirildi va 2017 yilning IV choragida toʼliq ishga tushirildi.

Korxona boʼyicha umumiy maʼlumot:
1. Loyixaning umumiy qiymati - 7,0 mln. АQSh dollari;
2. Yillik ishlab chiqarish quvvati - 2.5 ming tonna;
3. Korxonaning umumiy yer maydoni – 2,3 Ga
4. Ishlab chiqarish yer maydoni - 5 000 m2 ni tashkil etadi.
5. Ishlab chiqariladigan mahsulot turlari:

  • Plastmass yashiklar;
  • Chiqindilar uchun maxsus konteynerlar;
  • Polimer asosidagi yevropallet;
  • Suyuqliklarni saqlash uchun polimer sigʼimlar (200l, 500l va 1000l).

So‘nggi o‘zgartirish : 03.06.2019