Yakkabog tumanida «Yakkabog voxa teks» negizida ip-kalava ishlab chikarish tashkil etish loyihasi

Yakkabog tumanida «Yakkabog voxa teks» negizida ip-kalava ishlab chikarish tashkil etish loyihasi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 2 avgustdagi PQ-2017-sonli “2013-2016 yillarda Qashqadaryo viloyati sanoat imkoniyatlarini rivojlantirish dasturi toʼgʼrisida”gi va 2013 yil 18 noyabrdagi PQ-2069-sonli “2014 yilda Oʼzbekiston Respublikasi investitsiya dasturi toʼgʼrisida”gi qarorlariga asosan “Shoʼrtan GKM” MChJ tomonidan ““Yakkabogʼ voxa teks” ip-kalava ishlab chikarish” loyixasi amalga oshirildi.

Ushbu yangi korxona taʼsischilari - “Shoʼrtan GKM” MChJ va “Neftegazinvest” MChJ.

Loyixaning asosiy maqsadi tashqi va ichki bozorlarda talab katta boʼlgan ip-kalava mahsulotini ishlab chiqarish va aholini bandlikka koʼmaklashishdan iborat.

Ishlab chiqarish jarayonida qoʼllaniladigan texnologik asbob-uskunalar harid qilish maqsadida Buyurtmachi tomonidan “Texnik shart” ishlab chiqildi va tender savdolari oʼtkazildi. Tender savdolari natijasida Shvetsariya kompaniyasi tender gʼolibi deb topildi va ushbu kompaniya tomonidan texnologik asbob-uskunalar yetkazib berildi. Yetkazib berilgan texnologik asbob-uskunalar montaj qilish ishlari amalga oshirildi va 2017 yilning II choragida toʼliq ishga tushirildi.

Korxona boʼyicha umumiy maʼlumot:
1. Loyixaning umumiy qiymati - 8,5 mln. АQSh dollari;
2. Yillik ishlab chiqarish quvvati - 3 ming tonna;
3. Korxonaning umumiy yer maydoni – 8,5 Ga;
4. Ishlab chiqarish yer maydoni – 3 300 m2 ni tashkil etadi;
5. Ishlab chiqariladigan mahsulot turlari – 40/1 turdagi ip-kalava;
6. Yangi yaratilgan ish oʼrinlari - 128 ta.

So‘nggi o‘zgartirish : 07.06.2019