“Polietilen kuvurlarni ishlab chiqarishni tashkil etish”

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 25.01.2017y kungi 01-21-12-2-sonli “Joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpogʼiston Respublikasiga tashrifi davomida” tasdiqlangan yigʼilish bayonnomasi asosida “Oʼzbekneftegaz” АJ tomonidan Qoraqalpogʼiston Respublikasining Nukus shaxrida “Polietilen quvurlari ishlab chiqarish tashkil etish” loyihasi boʼyicha yangi korxona barpo etildi.

Ushbu yangi korxona taʼsischilari - “Shoʼrtan GKM” MChJ va “Neftegazinvest” MChJ.

Loyixaning asosiy maqsadi ichki bozorlarda talab katta boʼlgan polietilen/polipropilen asosidagi trubalar ishlab chiqarish hamda ushbu hududdagi aholini bandlikka koʼmaklashishdan iborat.

Ishlab chiqarish jarayonida qoʼllaniladigan texnologik asbob-uskunalarni harid qilish maqsadida Buyurtmachi tomonidan “Texnik shart” ishlab chiqildi va tender savdolari oʼtkazildi. Tender savdolari natijasida Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi kompaniyalari tender gʼolibi deb topildi va ushbu kompaniyalar tomonidan texnologik asbob-uskunalar yetkazib berildi. Yetkazib berilgan texnologik asbob-uskunalar montaj qilish ishlari amalga oshirildi va 2017 yilning II choragida toʼliq ishga tushirildi.

Korxona boʼyicha umumiy maʼlumot:
1. Loyixaning umumiy qiymati – 5,1 mln. АQSh dollari;
2. Yillik ishlab chikarish quvvati – 8,0 ming tonna;
3. Korxonaning umumiy yer maydoni – 5 000 m2 ni tashkil etadi.

So‘nggi o‘zgartirish : 07.06.2019