Chorvachilik majmuasi qurilishi loyihasi boʼyicha

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.01.2009 y. dagi 1046-sonli “Qishloqlarni rivojlantirish va obodonlashtirish yili” Davlat Dasturi toʼgʼrisida”gi va 02.08.2013 y.dagi 2017-sonli “Qashqadaryo viloyatining 2013-2016 yillarda sanoat saloxiyatini rivojlantirish dasturi toʼgʼrisida”gi qarorlari hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh Vaziri tomonidan 29.08.2015y. dagi 88-sonli “Qashqadaryo viloyati sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish boʼyicha Muvofiqlashtiruvchi gurux yigʼilish bayoni” asosida “Shoʼrtan GKM” MChJ tomonidan “Chorvachilik majmuasi qurilishi” loyihasi amalga oshirildi.
Loyihaning asosiy maqsadi “Shoʼrtan GKM” MChJ korxonasini sut va goʼsht mahsulotlari bilan taʼminlash hamda yangi ish oʼrinlari yaratishdan iborat.
Loyihani amalga oshirish yuzasidan texnologik asbob-uskunalar harid qilish maqsadida Buyurtmachi tomonidan “Texnik shart” ishlab chiqildi va tender savdolari oʼtkazildi.
Tender savdolari natijasida Germaniyaning “Agralis GmbH” kompaniyasi tender gʼolibi deb topildi. Ushbu kompaniya tomonidan 2017 yilning II choragi asbob-uskunalar toʼliq yetkazib berildi va montaj qilish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, majmua tomonidan zotli qoramollar harid qilindi va 2017 yilning IV choragida ishga tushirildi.
Loyiha boʼyicha umumiy maʼlumot:
1. Loyixaning umumiy qiymati - 10,0 mln. АQSh dollari;
2. Yillik ishlab chiqarish quvvati - 5 400 tonna sut mahsulotlari va 100 tonna goʼsht mahsulotlarini yetishtirish;
3. Korxonaning umumiy yer maydoni – 14 Ga;
4. Yangi yaratilgan ish oʼrinlari – 69 ta

So‘nggi o‘zgartirish : 11.06.2019