“Yirik oʼlchamli polipropilen kuvurlarni bogʼlovchi qismlar ishlab chiqarishni tashkil etish”

“Yirik oʼlchamli polipropilen kuvurlarni bogʼlovchi qismlar ishlab chiqarishni tashkil etish”

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.02.2017y.dagi 110-sonli “Oʼzbekiston Respublikasining erkin iqtisodiy zonalarida import oʼrnini qoplaydigan va eksportga moʼljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga binoan “Polipropilen quvurlar” unitar korxonasi bazasida “Yirik oʼlchamli polipropilen kuvurlarni bogʼlovchi qismlar ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi amalga oshirildi.

Ushbu yangi korxona taʼsischisi - “Shoʼrtan GKM” MChJ .

Loyixaning asosiy maqsadi ichki bozorlarda yuqori talabga ega boʼlgan mahsulot ishlab chiqarish hamda aholini bandlikka koʼmaklashishdan iborat.

Ishlab chiqarish jarayonida qoʼllaniladigan texnologik asbob-uskunalar harid qilish maqsadida “Polipropilen quvurlar” UKsi tomonidan “Texnik shart” ishlab chiqildi va tender savdolari oʼtkazildi. Tender savdolari natijasida Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi kompaniyasi tender gʼolibi deb topildi va ushbu kompaniya tomonidan texnologik asbob-uskunalar 2018 yilning 4 choragida yetkazib berildi. Bugungi kunda shartnoma shartlariga binoan ishlab chiqarish asbob-uskunalarini montaj qilish ishlari uchun Yetkazib beruvchi kompaniya mutaxassislarini tashrifi kutilmoqda.

Korxona boʼyicha umumiy maʼlumot:

  1. Loyixaning umumiy qiymati – 500 ming АQSh dollari;
  2. Yillik ishlab chikarish quvvati – 250 ming dona;
  3. Korxonaning umumiy yer maydoni – 1.96 Ga;
  4. Ishlab chiqarish yer maydoni – 3672 m2
  5. Ishlab chiqariladigan mahsulot turlari – diametri 75 mm dan 110 mm gacha boʼlgan PP kuvurlar uchun bogʼlovchi qismlar;
  6. Yangi yaratilgan ish oʼrinlari – 10 ta

So‘nggi o‘zgartirish : 07.06.2019