Ziyo ulashuvchi avlod an’anasi etadi davom.

Xolboy Xonqulov oʻzi tugʻilib oʻsgan Kasbi tumani Qatagʻon qishlogʻida  shaxsiy mablagʻi hisobidan “Yoshlar markazi”ni qurib foydalanishga topshirgan. Ushbu yoshlar markazida kutubxona –  axborot-resurs markazi, qiroatxona, kompyuter savodxonligi xonasi va boshqa turdagi yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan mashgʻulotlar bilan shugʻullanishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan bino qishloq yoshlari uchun ayni muddao boʻldi. Yoshlar markazining kutubxonasi oʻz faoliyatini Xolboy Xonqulovning oʻz shaxsiy kutubxonasi fondi evaziga tashkil etilgan boʻlsa, bugungi kunda kutubxona 15 000 dan ortiq turli mavzudagi adabiyotlarni  mujassam etgan va doimo ravishda ilmga chanqoq Qatagʻon va atrof qishloq  yoshlari bilan gavjum. Kutubxona fondining boyib borishi koʻp jihatdan yoshlarimiz barkamol voyaga yetishiga befarq boʻlmagan insonlarning saʼy-harakatlari bilan amalga oshmoqda.

030420192.jpg

Barchamizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida 2019 yil 19 mart kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targʻib qilish masalalari muhokama qilingan edi. Yigʻilishda  davlat rahbari aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish masalasiga toʻxtalar ekan, “Har bir rahbar oʻzining shaxsiy kutubxonasidan oʻzi taʼlim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qilsa, bu yaxshi tashabbus boʻlib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi”, deb taʼkidlagan edi. Ushbu tashabbusni qoʻllab-quvatlagan holda “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ ijtimoiy rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassisi Ulugʻbek Xolboyevich Xonqulov oʻzi tugʻilib oʻsgan Qashqadaryo viloyat Kasbi tumani Qatagʻon qishlogʻida otasi Xolboy Xonqulov tomonidan tashkil etilgan “Xolboy ota” Yoshlar markazi kutubxonasini adabiyotlar bilan boyitib, ushbu maskanda doimiy ravishda turli tadbirlar tashkil etib kelmoqda.

030420193.jpg

.

030420194.jpg

.

030420195.jpg

Ushbu kutubxona fondidan Kasbi tumanida joylashgan 3-son umumtaʼlim maktabiga va Maymanoq sanoat kollejining kutubxonasiga    200 donadan ortiq kitoblar sovgʻa qildi.

030420196.jpg

Oʻylaymizki, ushbu kitoblar chekka qishloqda yashayotgan aholi, ayniqsa oʻsib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyati oshishi, maʼnaviy dunyoqarashi yanada kengayishi, kelajakda albatta bilimli, tashabbuskor, novator, Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan yaxshi fazilatlarga ega insonlarni  tarbiya topishlariga xizmat qiladi.