Zamon bilan hamnafas

“Erkatoy” MTMda innovatsion muhitni rivojlantirish maqsadida Soft skills (muloyimlik kompetentsiyasi) malakasini rivojlantirish tizimlilik asosida amalga oshirilmoqda.


“Muloyimlik kompetentsiyasi” tushunchasi koʼp maʼnoli qismlardan tashkil topgan: yaʼni aloqa oʼrnatish, noananaviy tafakkur, vaziyatga moslashuvchanlik, jamoani, loyixani, jarayonni boshqarish, tanqidiy tafakkur, notiqlik mahorati, ruhiy - hissiy holatni boshqara olish.
Bu barcha malakalar bolalar bilan ishlashda juda muhim hisoblanib, bogʼchamizda bolalarning orom olish vaqtlarida oʼquv seminarlari jarayonida pedagoglar tomonidan oʼrganiladi va sinovdan oʼtkaziladi.