Yangi yil ertagi

    Dekabr oyining so‘nggi kunlarida “Erkatoy” maktabgacha ta’lim muassasasida o‘tkazilgan tadbirlar, yangi yil bayrami shukuxi o‘zining ertakmonand, sehrga boyligi bilan guruhlar va sahnalarning bayramona bezatilganligi bolajonlar qalbida bayram quvonchi sururini berdi.

    Dastur davomida jonlantirilgan ertak qahramonlarining chiqishi, ayniqsa qorbobo va qorqizning chiroyli bezatilgan archa atrofida ulashgan sovg‘alari bolajonlar qalbida o‘chmas iz qoldirdi va unutilmas lahzalarni baxsh etdi.