Yangi qurilayotgan podstantsiyasining qurilish va jihozlash ishlari davom etmoqda

“ShGKM ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish” loyihasi va “Uzbekistan GTL” zavodlari uchun yangi qurilayotgan “GTL-220/35/10 kV” podstantsiyasining qurilish va jihozlash ishlari jadal sur’atlar bilan davom etmoqda

Hozirgi kunda Majmua hududida “220/35/10 kV-GTL” podstantsiyasida qurilish va elektr montaj ishlari loyiha asosida olib borilmoqda.

Mavjud “Sho‘rtan 220/110/6 kV” podstantsiyasini kengaytirish maqsadida  olib borilgan montaj ishlari yakunlanib, sinov ishlari “NP-ESAN” MChJ tomonidan 2020 yil 18-19 iyun  kunlarida yakunlandi.

"HYOSUNG HEAVY" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 2 dona 125 MVA transformatorlarini “TURON ELEKTROMONTAJ” korxonasi tomonidan montaj ishlari yakunlanib, hozirda “NP ESAN” MChJ tomonidan sinov ishlari boshlab yuborildi.

Ochiq taqsimlash qurilmasi uchun zarur bo‘ladigan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalari 6 dona o‘ta yuqori kuchlanishdan himoya qurilmasi, 35 kV va 220 kVli ajratgich (razyedinitel)lar, 6 dona kuchlanish transformatorlari yetkazib berildi.

Hozirda “220/35/10 kV -GTL” podstantsiyasi boshqaruv binosi (OPU) qurilish ishlari 95 foizga bajarilib, elektr qurilmalari va jihozlari 70 foizi olib kelindi. Qolgan elektr qurilmalar va jihozlar iyun oyining oxiriga qadar yetkazib berilishi ma’lum qilingan.

Olib kelingan elektr qurilmalarini montaj qilish ishlari “TURON ELEKTROMONTAJ” tomonidan boshlab yuborilgan.

Yopiq taqsimlash qurilmasi (KRUE-35 kV) binosining qurilish ishlari yakunlanib, KRUE-35 kV binosi ichiga o‘rnatilishi lozim bo‘lgan elektr qurilmalari va jihozlari olib kelindi.

Shuning bilan birga, yopiq taqsimlash qurilmasi (ZRU-10 kV) binosining qurilish ishlari ham yakunlandi va elektr qurilmalar to‘liq yetkazilib, montaj ishlari amalga oshirildi.

Yangi qurilayotgan “220/35/10 kV-GTL” podstantsiyasidan “Uzbekistan GTL” zavodigacha bo‘lgan masofoda ikki tarmoqli 220 kV kenglikdagi 35 kV li havo tarmoqlari qurib bitkazilib, “220/35/10 kV-GTL” podstantsiyasini KRUE-35 kV binosidan havo liniyasiga chiquvchi hamda “Uzbekistan GTL” zavodi ichki yopiq taqsimlash qurilmasigacha kiruvchi kabel liniyalariga ishlatiladigan 35 kV li yuqori kuchlanish kabellari to‘liq keltirilgan.

Bundan tashqari, havo tarmog‘idan kabel tarmog‘iga o‘tish qurilmasi (perexodnoy punkt) uchun zarur bo‘ladigan 35 kV li yuqori kuchlanishli qurilmalar olib kelingan.

“220/35/10 kV-GTL” podstantsiyasi hududiy yoritish tizimlari, yordamchi obyektlari yong‘inga qarshi suv nasos stantsiyasi va rezervuarlar hamda yog‘ xo‘jaligi binolarining qurilish va montaj ishlari tugash arafasida.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ 

 

 

www.sgcc.uz