Sizlarni ajoyib bayram Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barchangizni muborakbod etamiz. Аlbatta har bir erkak oʼz kasbi va xarakteriga qaramasdan, tabiatan Vatan himoyachisidir. Insoniyatning barcha eng yuksak va kuchli tomonlarini jamlagan holda, Sizning yakdilligingizni, bir soʼzligingizni, idrok va kuchingizni, ishonchli tirgak va suyanch ekanligingizni qadrlaymiz.

Har doim bilaklaringizdan kuch-quvvat arimasin, yuragingizda  Vatan ishqida yonib yuraversin, koʼzlaringiz esa doim taqdirning ajoyib tuhfalaridan porlayversin.