"Uzbekneftegaz"delegatsiyasining Ozarboyjon Respublikasiga qilgan tashrifi yakunlandi

"Uzbekneftegaz" delegatsiyasining Ozarboyjon Respublikasiga qilgan tashrifi yakunlandi. "Socar" bilan kelishuvlar imzolandi

Avvalroq, Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaev boshchiligidagi "Uzbekneftegaz" AJ delegatsiyasi a’zolarining, "Socar" neft va gaz kompaniyasi bilan ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik qilish maqsadida Ozarboyjon Respublikasiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Delegatsiya a’zolari tashrif davomida "Socar" kompaniyasida joriy qilingan integratsion korporativ axborot resursi "ERP" - tizimli dasturining faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan yo‘l xartirasi qilish va belgilangan vazifalarni hamkorlikda davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Yo‘l xaritasidan esa qo‘yidagilar o‘rin olishiga kelishildi;

 - Ikki tomonlama tajriba almashish va malaka oshirish, shu jumladan neft va gazni qazib olish bo‘limlari, neftni qayta ishlash zavodlari va boshqa kompaniyalarning O‘zbekiston va Ozarboyjondagi ishlab chiqarish quvvatlariga tashriflarini tashkillashtirish;

 - Raqamli texnologiyalarni joriy etishda "Socar" tajribasini o‘rganish, shu jumladan jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirish, "Raqamli kon" kontseptsiyasini, "ERP"-tizimlarini joriy etish;

 - Korporativ boshqaruv va moddiy-texnik va kadrlar resurslarini boshqarishda raqamli echimlarni amalga oshirishni tezlashtirish uchun "Socar" tajribasini qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuvni jadallashtirish.

Bundan tashqari, "Uzbekneftegaz" AJ delegatsiyasi a’zolari "Azneft" ishlab chiqarish birlashmasi, "Bibi-Eybat" nomli neft va gazni qazib olish bo‘limiga tashrif buyurib, dispetcherlik xizmati faoliyati, ekspluatatsiya qilingan quduqlar, neft tank-fermasi va boshqa texnologik ob’ektlardagi ishlarni avtomatlashtirish, nazorat va hisobini yuritish bo‘yicha amalga oshirilgan echimlar bilan tanishdilar.

O‘z navbatidagi "Uzbekneftegaz" AJ delegatsiyasi a’zolari ozarboyjonlik hamkasblari bilan quruqlikda va suvda geologik va geofizik qidiruv ishlarini olib borish, burg‘ulash ishlari nazorati va monitoringi, ularda ishlatilayotgan qurilmalardan foydalanish borasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv imzoladilar.

Tashrif davomida, Mehriddin Abdullaev boshchiligidagi "Uzbekneftegaz" AJ delegatsiyasi a’zolari Haydar Aliev nomidagi Baku neftni qayta ishlash zavodida bo‘lib, modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish ishlari bilan tanishishdi va Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish loyihasida ilg‘or echimlarni qo‘llash uchun tajrib almashishga kelishib olishdi.

"Uzbekneftegaz" AJ delegatsiyasi a’zolarining Ozarboyjon Respublikasiga qilgan uch kunlik safari yakunlandi. Delegatsiya a’zolari Toshkentga qaytib kelishdi.

 

 

manba: "Uzbekneftegaz" AJ Matbuot xizmati