"Uzbekneftegaz" "Microsoft" kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo'ymoqda


"Uzbekneftegaz" AJ da tizim korxonalarini yagona tuzilmaga birlashtirish maqsadida katta hajmdagi turli uskunalarni standartlashtirish va litsenziyalash, bir turdagi axborot ish o‘rinlarini yaratish, ularning ishonchliligi, dolzarbligi va muhim ma’lumotlarning yaxlitligini zamonaviy tahdidlarga qarshi xavfsizligini o‘z vaqtida ta’minlash ishlari boshlandi.

"Uzbekneftegaz" AJ AKT departamenti mutaxassislari "Microsoft" klientlarini dasturlash va MDHni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Asya Dallakyan va "Microsoft Cloud Sales" vakili Dmitriy Emelyanov bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida "Uzbekneftegaz" AJ ehtiyojlari uchun "Microsoft" dasturiy mahsulotlarining keng doirada qo‘llash mumkinligi muhokama qilindi.

Neft va gaz sohasidagi korxonalar uchun moslashuvchan ma’lumotlar tahlili va Microsoft Dynamics 365 tizimi bilan bulutli axborot makonining faoliyati ko‘rib chiqildi.

"Uzbekneftegaz" AJ uchun bunday texnologiyani joriy qilish biznes jarayonlarning moslashuvchan va muvaffaqiyatli raqamli transformatsiyasining kaliti bo‘lishi mumkin, bu esa o‘z navbatida qazib olish va qayta ishlash jarayonlari, logistika, rejalashtirish va qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha xarajatlarni kamayishini xamda milliy neft va gaz sanoatining barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

 


manba: "Uzbekneftegaz" AJ Matbuot xizmati