Majmuada 28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kunining 100 yilligi munosib nishonlandi

2-may, 2019-yil Majmua yangiliklari

2019 yil 26 aprel kuni “Sho'rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ ning katta majlislar zalida 28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kunining 100 yilligi munosabati bilan “Xavfsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” shiori ostida tadbir o'tkazildi.

0205194.jpg

Tadbirda O'zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining mehnat muhofazasi bo'lim mudiri S.Egamberdiev, O'zbekiston kasaba uyushmalari tashkilotlari Birlashmasi kengashi rais o'rinbosari I.N.Ahmedov, majmua bosh direktorining birinchi o'rinbosari - bosh muhandis Sh.Eshmurodov, majmuaning SX, SS, M va AMMB boshlig'i U.Haydarov, majmuaning SS va MM xizmati boshlig'i J.Tirkashev va Kasaba uyushma qo'mitasining raisi Yu.Botirov, Kasaba uyushma qo'mitasining rais o'rinbosari A.Botirov ishtirok etdilar.

0205192.jpg

Tadbirni majmua bosh muhandisi Sh.Eshmurodov kirish so'zi bilan ochib yig'ilganlarni ushbu muhim sana bilan qutladi.

Yillar davomida ishlab chiqarishda barchaga namuna bo'lgan, baxtsiz hodisalarning oldini olishda faollik ko'rsatgan ishchi-xizmatchilar hamda faol jamoatchi vakillarining 77 nafariga ish beruvchi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan rag'batlantirildilar.

0205193.jpg

O'zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining mehnat muhofazasi bo'lim mudiri S.Egamberdiev “Mehnat muhofazasi madaniyati” mavzusida va SX, SS MX xizmati muhandisi Z.Rashidov “Mehnatni muhofaza qilishning ishlab chiqarishdagi ahamiyati” mavzusida ma'ruza qildilar. Ma'ruzadan so'ng kasaba uyushma qo'mitasining tashabbusi bilan “Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida”gi Qonunga oid savol-javoblar – viktorinasi o'tkazildi. Mazkur viktorinada faol ishtirok etgan 10 nafar xodimlarga kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.