Joriy yilning 1-2 avgust  kunlari “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJning barcha bo’lim, sex, xizmat va tarmoq ishchi-xizmatchilari o’rtasida o‘tkazib kelinayotgan sport musobaqalari dasturidan o’rin olgan sportning stol tennis bo’yicha  majmua musobaqasi o’z nihoyasiga yetdi.

     Musobaqada doirasida 24 nafar ishchi-xizmatchilar o’zaro murosasiz bahs olib borishdi. Qiziqarli va ko‘taringki ruhda o‘tgan bellashuvda erkaklar (Yakkalik) bahsida

     1-o‘rin E.Chorshanbiev (Etilen ishlab chiqarish sexi),

     2-o‘rin A.Shomurodov (Etilen ishlab chiqarish sexi),

     3-o‘rin Z.Tursunov (Mexanik ta’mirlash sex).

Xotin-qizlar o’rtasida o‘tkazilgan (Yakkalik) bahsda

     1-o‘rin K.Aminova (Ishchilar shaharchasi UJFX),

     2-o‘rin F.Turaeva (Nuriston UJFX),

     3-o‘rin Sh.Shavkatova (Ishchilar shaharchasi UJFX)

lar egallashga muvoffaq bo’ldilar.

     Shuningdek, musobaqaning juftlik bahsida  Z.Tursunov va R.Yahyoev (Mexanik ta’mirlash sex) 1-o‘rinni, E.Chorshanbiev va A.Shomurodov (Etilen ishlab chiqarish sexi), 2-o‘rinni hamda Z. Yahyoev va A.Muqimov (Mexanik ta’mirlash sex) 3-o‘rinni egallashdi. G‘oliblar turnir tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.