Shoʼrtan gaz kimyo majmuasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash hamda ishchi-xodimlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, ularning jismonan va ruhan tetik boʼlishlarini taʼminlash maqsadida onlayn tezkor shaxmat chempionati-2022 ga start berildi.

Shaxmatning "Blitz" yo‘nalishi boʼyicha onlayn tarzda oʼtkazilayotgan musobaqada majmuaning sex, bo‘lim, xizmat va tarmoqlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan 28 nafar ishchi-xodimlar 27-tur doirasida oʼzaro bahslashishlari rejalashtirilib olindi.

Ayni paytga qadar 1-2-turning 7 ta baxslari yakunlandi. Quyida baxs natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

"Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz