“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ Bosh direktori − xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Shuxrat Aslanov O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi G‘uzor tuman kengashi raisi − tuman Kengashi deputati Sanjar G‘aybullaev hamda tuman Kengashi deputatlari Qunduz Jumaeva va Rustambek Yo‘ldoshevlarni qabul qildi.

Uchrashuv chog‘ida Sh.Aslanov ayni vaqtdagi karantin va cheklov tadbirlari davrida ko‘pchilik qatorida xalq saylagan deputatlar yanada faol bo‘lishi, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining turmush tarzini yaxshilash borasida, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni hal qilish choralarini ko‘rish, bir so‘z bilan aytganda, o‘z ishiga, vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi kerakligi haqida so‘z yuritdi. Bu borada Majmua ham “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatida faol ishtirok etish bilan birgalikda, ezgu ishlarga hissa qo‘shishini Majmua Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Yunus Botirov deputatlar bilan hamkorlikda bir qator ishlar olib borishlarini ma’lum qildi.

Jamiyat tomonidan xalqimizning tarixiy va ma’naviy qadriyatlarini, mexr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda, pandemiya sharoitida xalqimiz bilan yelkadosh bo‘lib, shu xalqning farovonligi yo‘lida xizmat qilishini bildirib o‘tdi.

Shu o‘rinda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi G‘uzor tuman kengashi raisi S.G‘aybullaev ham bugungi pandemiya sharoitida aholi manfaatlarini himoya qilish ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotganligi, xususan, “Saxovat va ko‘mak” umummilliy harakati doirasida hududlardagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va manzilli o‘rganish hamda zaruriy yordamni ko‘rsatish ishlari keng miqyosida olib borilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Suhbat chog‘ida bugungi kunga kelib aholi turmush darajasini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, pandemiya sharoitida oziq-ovqat xavfsizligi, bandlikni ta’minlash ishlari, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal qilish borasida o‘z yechimini kutib turgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi G‘uzor tuman kengashi raisi Sanjar G‘aybullaev "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ Bosh direktori Shuxrat Aslanovga "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakatida faol ishtiroki uchun xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhining tashakkurnomasini va partiyaning esdalik sovg‘alarini topshirdi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ

 

 

www.sgcc.uz