2019 yilning 10 sentyabr kuni majmua ish yurituvchilari ishtirokida o'tkazilgan navbatdagi trening «Vijdon» mavzusida bo'ldi.

Trening ishtirokchilari o'zaro erkin muloqatda bo'lib, insondagi asosiy axloqiy xususiyatlardan biri bo'lgan «vijdon» xaqida muloxaza yuritishdi.

Davrani olib boruvchi psixolog S. Xujaxanova ishtirokchilarga majmua xududidagi «Majmua-mening sha'nim, faxrim va vijdonim» shiorini eslatib, uning chuqur mazmuni va moxiyatini anglab yetishlariga chorladi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar vijdonan yashash, vijdon bilan mehnat qilish, vijdonlikni saqlash, vijdon amri, vijdonsizlik, vijdon azobi kabi tushunchalar atrofida mulohaza yuritishdi.