2021-yil 30-noyabr kuni Majmuada “SHGKM 20 yilligi”ga bag'ishlab 40 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida "SHGKM Mini futbol-2021" chempionatining FINAL bellashuvi bo'lib o'tdi.

Qizg'in bahslarga boy bo'lgan bellashuvda Qarshitermoplast sexi jamoasi Etilen ishlab chiqarish sexi jamoasidan 2:1 hisobida ustun kelib, chempionat G'OLIBligini qo'lga kiritdi. Tuplarga Qarshitermoplast sexi jamoasi Norpulatov Faxriddin 2ta, Etilen ishlab chiqarish sexi jamoasidan Qurbonov Abror mualliflik qilishdi.
3-o'rin uchun bahsda esa Uzbekiston GTL jamoasi kelmaganligi sababli Avtotransport sexi jamoasiga texnik g'alaba yozildi.

Chempionat sovrindorlari:
1-o'rin: Qarshitermoplast jamoasi
2-o'rin: Etilen ishlab chiqarish jamoasi
3-o'rin: Avtotransport jamoasi

Sho'rtan gaz kimyo majmuasi matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz