Maroqli sayoxat

6-March, 2019-yil Majmua yangiliklari

“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ rahbariyati va majmua kasaba uyushma qoʻmitasi bilan oʻzaro hamkorlikda majmua xotin-qizlar qoʻmitasining tashabbusiga koʻra 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan majmuada faol mehnat qilayotgan xotin-qizlar ishtirokida  ichki turizmni rivojlantirish maqsadida 2019 yilning 1-3 mart kunlari Toshkent shahriga  sayohat uyushtirildi.

0603192.jpg

.

0603193.jpg

Sayoxat dasturiga binoan majmua xotin-qizlari kechki madaniy xordiq olish maqsadida ikki guruhga boʻlingan holda Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri hamda Oʻzbekiston milliy akademik  drama teatri aktyorlari ishtirokida spektakllari namoyish etildi.

0603194.jpg

Sayoxatning keyingi kunini xotin-qizlar “Oʻzbek amaliy sanʼati” muzeyiga tashrif etishdan boshlashdi. Muzeydagi qoʻl mehnati bilan yaratilgan qadimgi kashtachilik va toʻqimachilik koʻrgazmalari xotin-qizlarda katta qiziqish uygʻotdi.

0603195.jpg

.

0603196.jpg

Majmua xotin-qizlariga yurtimizdagi bugungi kunda zamon talablari asosida olib borilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari bilan tanishishtirish maqsadida “Toshkent City” va “Islom sivilizatsiya markazi”da boʻlishib, yetakchi xorijiy qurilish korxonalari mutaxassislari bilan suhbatlashishdi. Hazrati Imom machitiga uyushtirilgan tashrif esa xotin-qizlarning barchasini ruhan tetik qilib, qalbiga taskinlik kiritdi.

0603197.jpg

0603198.jpg

Tushlikdan soʻng Toshkent kulolchilik maktabining 3-avlodi usta-kulolchi M.Raximov xonadonida tashkil etilgan sanʼat muzeyiga ekskursiyaga uyushtirildi. Ekskursiya mobaynida usta-kulol M.Raximov va uning kulolchilik anʼanasining davomchisi A.Raximov  tomonidan mahorat bilan ishlangan har bir kulolchilik buyumlaridagi naqshlar, nafis ishlangan idishlardan yaratilgan musiqaviy devor bilan tanishishdi.

0603199.jpg

.

06031911.jpg

Shundan soʻng, “Oʻzbekiston” mehmonxonasining rasmiy tantanalarga moʻljallangan zalida bayram konsert dasturi boʻlib oʻtdi. Respublikamizning taniqli sanʼat ustalari ijrosidagi kuy va qoʻshiqlar bayram dasturiga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.

06031912.jpg

.

06031913.jpg