Samarqand va Buxoro shahriga sayohat

24-May, 2016-yil Majmua yangiliklari

Majmua ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan Respublikamizning qadimiy shaharlari Samarqand va Buxoro shahriga uning go‘zal va betakror inshootlari, madaniy yodgorliklari va boshqa diqqatga sazovor joylari bilan tanishish maqsadida majmua bir guruh mehnat faxriylari uchun 16-17 aprel kunlarida sayohat amalga oshirildi. Sayohat faxriylarda chuqur taassurot uyg‘otdi.