Qashqadaryoda tashkil etilgan “O‘zbekneftgaz” AJ agrouchastkasida ekoaksiya o‘tkazildi

“O‘zbekneftgaz” AJ, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Viloyat nuroniylari hamkorligida hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida ekoaksiya o‘tkazildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tkazilgan ekoaksiyada G‘uzor tumanida “O‘zbekneftgaz” AJning agro uchastkasi tashkil etildi.

Bog‘ning ilk ko‘chatlarni viloyat nuroniylari va “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev ekdi.

Reja bo‘yicha 120 gektar yerni egallagan agro uchastkada 72 ming donadan ziyod mevali va manzarali daraxtlar ekiladi.

Hududning iqlim sharoiti ham hisobga olinib, bog‘ to‘liq tomchilab sug‘orilishi uchun sharoitlar holati o‘rganildi hamda tegishli choralar belgilandi.

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi hamda “Uzbekneftegaz GTL” zavodi hududida amalga oshirilayotgan ushbu loyihada Qashqadaryo viloyat hokimligi vakillari hamda nuroniylarining ham fikri tinglanib ularning takliflari to‘liq inobatga olindi.

Boshqaruv raisi daraxtlarni parvarishlash bilan birga, ushbu hududni obod saqlash, ko‘kalamzorlashtirish uchun tizimli ishlar olib borilishini ta’kidlab o‘tdi.

Bu hududda ekilgan daraxtlar va buta ko‘chatlarini parvarishlash, ularni rivojlanishi uchun maxsus texnika bilan ta’minlanishi belgilandi.

Zarur joylarda sug‘orish tarmoqlari barpo etilib, ekologiya, daraxt ekish va parvarishlash masalalari bilan shug‘ullanadigan alohida mas’ul tayinlab olindi.

Ushbu ekoaksiya davomida ko‘chatlarni ekish, ularni rivojlantirish, kam suv talab qiladigan daraxt navlarini ko‘paytirish bo‘yicha nuroniylar maslahati tinglandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz