O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmoni ijrosi yuzasidan, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan “HelpDesk” tizimi sinov rejimida joriy etildi va ishga tushirildi.

Ushbu tizim kompaniyaga texnik ko‘mak uchun xizmat ko‘rsatish jarayonini avtomatlashtirishga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida murojaatlarni ko‘rib chiqish, mutaxassislarni tayinlash va vazifalarni onlayn tarzda bajarish jarayonini kuzatish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi.

Tizimni amalda tadbiq etish jarayonida, ish jarayonlarini osonlashtirish xaotik dasturlar to‘plamini soddalashtiradi, sarf materiallarini operativ nazorat qilish va texnik qo‘llab-quvvatlashni moliyaviy baholash orqali xarajatlarni optimallashtiradi.

Bundan tashqari, ushbu tizim ishchi-xodimlarning holatini, ma’lum bir mutaxassisga murojaat qilish chastotasini kuzatishga imkon beradi, ba’zi ishchilarning haddan tashqari yuklanishi va boshqalarning qisman ish bilan ta’minlanish holatlari bundan mustasno edi.

Xulosa qilib aytganda, Helpdesk – bu har qanday IT savodxonligi darajasiga ega bo‘lgan xodimga undan foydalanishga imkon beradigan, foydalanuvchi uchun qulay va intuitiv interfeysga ega bo‘lgan ko‘p funktsiyali dasturiy ta’minot hisoblanadi.

Shuningdek, tizim ilovalar bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni saqlash uchun eng yaxshi ma’lumotlar bazasi bo‘libgina qolmay, shu bilan birga xodimning salohiyatini, uning malakasi va ish sifatini baholashda KPI hisoblash uchun eng yaxshi ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz